Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Chegara postiga hujum qilgan jangarilarning maqsadi O‘zbekiston bo‘lgan - Xoliqnazar

Chegara postiga hujum qilgan jangarilarning maqsadi O‘zbekiston bo‘lgan - Xoliqnazar

Markaziy Osiyo va Xitoyni o‘rganish markazi jamoat tashkiloti direktori Xudoberdi Xoliqnazarning fikriga ko‘ra, chegara postiga hujum qilgan “ISHID”* jangarilari O‘zbekiston hududiga o‘tish uchun harakat qilishgan.  

“Ishidchilar chegaradan o‘tishdi va “Ishqobod” chegara postida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaradan o‘tishmoqchi bo‘lishdi”, - dedi Xoliqnazar Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.

Ekspert ta’kidlashicha, tojik-o‘zbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara zastavasiga hujum Toshkentda SHHT mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi yig‘ilishi arafasida amalga oshirilgan.

“So‘roq paytida terrorchilar bu yangi ISHID yetakchisiga qasamyodi bo‘lgani, uning g‘oyalariga sodiqlikni namoyish qilishni istashganligini aytishdi”, - deb qo‘shimcha qildi Xoliqnazar.

Tojikiston chegara zastavasiga hujum

Oltinchi noyabr kuni kechasi Tojikiston va O‘zbekiston chegarasidagi “Ishqobod” chegara zastavasiga 20 kishidan iborat bo‘lgan qurollangan guruh hujum qildi.

Tojikiston MXDQ ma’lumotlariga ko‘ra, niqobli kishilar tojik huquq-tartibot organ xodimlariga o‘q ochishgan. Otishma oqibatida chegarachilar 15 nafar jangarini yo‘q qilishdi, 5 nafar jangari qo‘lga olindi.

Jangovar to‘qnashuv vaqtida Tojikiston tomonidan 6 nafar xodim halok bo‘ldi.

Qo‘lga olinganlar so‘roq vaqtida ISHID a’zolari ekanligini tan olishdi.

Ko‘rsatmalarga asosan, ular 3 noyabr kuni kechasi tojik-afg‘on chegarasidagi Kalai Zol uyezdidan Xatlon viloyati Kubodiyon tumaniga o‘tishgan.  

Bundan avval “ISHID” Tojikiston “Ishqobod” chegara postiga hujumni o‘z zimmasiga olgandi.

Kiritildi: 21:46 11.11.2019. O'qildi: 6153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!