⚡️ DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan davlat chegarasini qo‘riqlash va uning daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida noqonuniy holat aniqlandi.
Xususan, Sirdaryo daryosining Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Shodiqoziq MFY hududidan o‘tuvchi qismi qirg‘og‘ida noma’lum shaxslar tomonidan 4 dona polietilen qoplar qoldirib ketilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur qoplar xolislar ishtirokida ko‘zda kechirilganda, ularning ichida qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan jami 48 dona o‘ramda 47 kg 113 gr “gashish”, 15 dona o‘ramda 7 kg 779 gr “opiy” giyohvandlik vositalari, shuningdek, 10 710 dona “Lidaza” va 756 dona “Tenoksikam” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
🕵️♂️Tergov harakatlari doirasida narkotik moddalar egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.