"Istalgan davlat Isroilning Golan tepaliklariga nisbatan da’vosini tan olishi haqida shuni aytishim mumkinki, men bunday tan olishni haqiqiy emas deb hisoblayman. Chunki bu huquq davlatga emas, balki Suriya xalqiga tegishlidir. Davlat o‘z hududining bir qismidan faqat o‘z xalqi rozi bo‘lgandagina voz kechishi mumkin.
Bundan tashqari, xalqaro hamjamiyat hanuzgacha Suriyaning bu yerga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaydi. Oxirgi ovoz berish jarayonida 134 dan ortiq davlat Golan tepaliklari Suriya hududi ekanini va Isroil tomonidan ishg‘ol qilinganini tan oldi”, Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a.