Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

Humans Group bosh direktori va asoschisi Vladimir Dobrinin ham xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi.

Xalqaro jinoiy polisiya tashkiloti — Interpol saytidagi e’longa ko‘ra, O‘zbekiston Dobrininga nisbatan “qizil bildirishnoma” (Red Notice) rasmiylashtirgan. Bu esa uni aniqlash va keyinchalik ekstradisiya qilish maqsadida a’zo davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga vaqtinchalik hibsga olish bo‘yicha so‘rov yuborilganini anglatadi.

U “qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish”, shuningdek, “pul yuvish"da ayblanmoqda.

Shu bilan birga, ayblovlarning ta’rifi so‘rov yuborgan tomon taqdim etgan shaklda e’lon qilingani keltirilgan.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 278-moddasiga muvofiq, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

O‘z navbatida, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (243-modda) 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

2025 yil oktabr oyida Spot O‘zbekistonda Humans kompaniyasining sobiq top-menejeri qimor o‘yinlarini tashkil etgani uchun hibsga olingani haqida xabar bergan edi. PayWay to‘lov tashkilotining hammuassisi va kuzatuv kengashi a’zosi Behzod Botirov Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) so‘rovidan so‘ng qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida hibsga olindi.

Kiritildi: Bugun 15:30. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!