17 aprel kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganini e’lon qildi.
«Livandagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi munosabati bilan barcha tijorat kemalari uchun Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish sulhning qolgan davri uchun to‘liq ochiq deb e’lon qilinadi», — deb yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kemalar «Eron Islom Respublikasi Portlar va dengiz transporti tashkiloti tomonidan avvalroq e’lon qilingan kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha» harakatlanishlari mumkin.
«Eron hozirgina Hurmuz bo‘g‘ozi to‘liq ochilganini va kemalar o‘tishi uchun tayyorligini e’lon qildi. Rahmat!» — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida.
Eron urush boshidan beri Ho‘rmuz bo‘g‘ozini amalda to‘sib qo‘ygan edi.