Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Eron bilan 20 milliard dollarlik kelishuvni muhokama qilmoqda — Axios

AQSh Eron bilan 20 milliard dollarlik kelishuvni muhokama qilmoqda — Axios

AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dasturga doir yangi kelishuv ehtimoli muhokama qilinmoqda. Bu haqda Axios manbalari xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar Tehron boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechsa, Vashington Eronning 20 milliard dollargacha bo‘lgan muzlatilgan aktivlarini yerkin holatga qaytarishi mumkin.

Muzokaralar doirasida uranning bir qismini mamlakat tashqarisiga olib chiqish hamda Eronning yadroviy dasturiga qo‘shimcha cheklovlar joriy etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Manbalar ta’kidlashicha, hozircha kelishuv bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan va muzokaralar davom etmoqda.

Kiritildi: 22:15 17.04.2026. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!