Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Xomanaiyning harbiy maslahatchisi Hormuz bo‘g‘ozidagi Amerika kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qildi

Xomanaiyning harbiy maslahatchisi Hormuz bo‘g‘ozidagi Amerika kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qildi

“Tramp Hormuz bo‘g‘ozining polisiyachisi bo‘lishni xohlaydi, biroq biz dengiz blokadasi bo‘yicha qisqa muzokaralardagi o‘nta shartimizdan hech qanday holatda voz kechmaymiz...

Otashkesimni uzaytirish bizning manfaatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bu mening shaxsiy fikrim. Bosim kuchaytirilishi kerak. Amerika harbiy-dengiz kuchlari hozirda bizning raketa qurilmalarimiz nishonida turibdi va biz ularning barchasini cho‘ktiramiz. Ulardan birortasining ham qochib qutulishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Katta ehtimol bilan, birodarlarimiz o‘t ochish qurilmalarini ko‘chirishgan va endi ular “Abraham Linkoln” hamda barcha Amerika harbiy kemalariga qaratilgan”, — deya bayonot berdi IIQK sobiq bosh qo‘mondoni Mohsan Rizoyiy davlat televideniyesiga.

U shuningdek, agar amerikalik askarlar qirg‘oqqa tushadigan bo‘lsa, ularni garovga olish va “har bir asir uchun mlrd dollar talab qilish” bilan tahdid qildi.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!