Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" AJning sobiq boshqaruvi raisi Ahmedov Dilshod Tursunqulovich xalqaro qidiruvga berildi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Dilshod Ahmedov 2024 yil 16 oktyabrda “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi etib tayinlangan. 2025 yil avgust oyida esa lavozimidan ozod etilgandi. Undan avval esa u investisiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Dilshod Ahmedov (1972 yilda tug‘ilgan) — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi. Moskvadagi "Skolkovo" boshqaruv maktabida o‘qigan.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!