Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganini olqishlashini, biroq ehtiyotkorlikka chaqirishini ma’lum qildi.
Bu haqda u Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan uchrashuv davomida aytib o‘tdi.
«Biz barchamiz Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz to‘liq ochishga, shuningdek, urushgacha mavjud bo‘lgan erkin o‘tish sharoitlarini tiklashga hamda dengiz huquqiga to‘liq rioya qilishga chaqiramiz», — deya Makronning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BFMTV.