Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Cheferin Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 taga oshirish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Cheferin Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 taga oshirish g‘oyasiga munosabat bildirdi

UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin Jahon chempionati ishtirokchilarini 64 taga yetkazish g‘oyasiga qarshilik qildi.

Avvalroq, FIFA 2030 yilgi mundialda 48 emas, balki 64 ta jamoa ishtirok etishi g‘oyasini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi. FIFA rahbari Janni Infantino bu g‘oyani «tahlilga loyiq» deb baholagan.

«Bu taklif meni sizdan ham ko‘proq hayron qoldirdi. Menimcha, bu g‘oya na Jahon chempionati, na saralash bosqichlari uchun yaxshi. Shuning uchun men uni qo‘llab-quvvatlamayman.

Bu taklif qayerdan paydo bo‘lganini bilmayman, lekin FIFA kengashida muhokama qilingunicha bu haqda hech narsa eshitmaganimiz g‘alati», – dedi Cheferin The Guardian nashriga.

Kiritildi: 10:24 04.04.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!