Bu haqda Tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi ma’lum qildi.
"Naurskiy tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yuz bergan gaz portlashi va uch kishining halok bo‘lishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bugun, taxminan soat 16:00larda Naurskiy tumanidagi Novoterskoye qishlog‘idagi gaz quyish shoxobchasida yoqilg‘i bakida gaz portlashi sodir bo‘lib, natijada voqea joyida bo‘lgan uch kishi halok bo‘ldi", - deyiladi xabarda.