Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Husiylar Isroil aviabazasiga kuchli hujum qildi

Husiylar Isroil aviabazasiga kuchli hujum qildi

Yamandagi "Ansor Alloh" harakati husiylari Isroilning Nevatim aviabazasiga "gipertovushli ballistik raketa" bilan zarba berganini ma’lum qildi. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Saria xabar berdi.

"Yaman qurolli kuchlarining raketa qo‘shinlari Falastin-2 nomli gipertovushli ballistik raketani ishga solib, Falastinning janubiy qismidagi Negev hududida joylashgan Nevatim aviabazasiga hujum qilib, harbiy operasiya o‘tkazdi," - deya u husiylarga qarashli Al Masira telekanali efirida aytib o‘tdi.

Sarianing ta’kidlashicha, Isroil havo hujumidan mudofaa tizimlari "o‘z maqsadiga muvaffaqiyatli erishgan" raketani to‘xtata olmagan.

Kiritildi: 21:30 26.04.2025. O'qildi: 1741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!