AQSh hukumati xorijliklar tomonidan AQSH-Meksika chegarasidagi kirish portlarida uchrashuv tayinlash uchun foydalanilgan CBP One ilovasidan foydalanishni to‘xtatdi.
AQSh bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati ilova endi mavjud emasligi haqida xabar berdi. Chegarani kesib o‘tish uchun avval tasdiqlangan barcha sanalar ham bekor qilindi.
CBP One onlayn lotereya tizimi orqali har kuni taxminan 1450 uchrashuvni rejalashtirgan. Dastur ayniqsa Kuba, Venesuyela, Gaiti va Meksika fuqarolari orasida mashhur bo‘ldi. Uning sharofati bilan 1 milliondan ortiq muhojir AQShga kirish va ishlash uchun ruxsat oldi.
Dasturni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan so‘ng qabul qilindi. O‘z nutqida u janubiy chegaralarda favqulodda holat joriy etish va millionlab noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.