Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Bo‘zsuvga chiqindi tashlaganlik uchun belgilangan 60 mln jarimani bekor qildirishga va’da berishdi, ammo...

Bo‘zsuvga chiqindi tashlaganlik uchun belgilangan 60 mln jarimani bekor qildirishga va’da berishdi, ammo...

Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasining 2 nafar bo‘lim boshlig‘i o‘z xizmat mavqeilaridan foydalangan holda korrupsiyaga qo‘l urdi.

Bo‘lim boshliqlari qurilish firmasi tomonidan Bo‘zsuv kanali hududiga to‘kilgan chiqindi tuproqlar uchun 60 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanilishi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va kelgusida rahnamolik qilish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 30 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:10 04.10.2025. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!