Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya Xitoy avtomobillariga boj joriy qilishga tayyorlanmoqda

Buyuk Britaniya Xitoy avtomobillariga boj joriy qilishga tayyorlanmoqda

Britaniya hukumati Yevropa Ittifoqidan o‘rnak olib, Xitoydan keladigan elektr transport vositalariga tariflar joriy etish niyatida.

Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Gazeta Biznes va savdo vaziri Djonatan Reynolds potensial tariflar paketini ishlab chiqayotganini ta’kidlaydi. Ushbu tariflar Buyuk Britaniya bozorida Xitoy avtomobillari sun’iy ravishda past narxlarda sotilayotganidan xavotirlar tufayli joriy etilishi mumkin.

Maqolada shuningdek, Britaniya vazirlari Yevropa Ittifoqidagi yangi proteksionistik iqtisodiy qoidalarning salbiy ta’siridan qochish uchun Yevropa Ittifoqinikiga o‘xshash Xitoydan keladigan elektr transport vositalariga 45% soliq joriy etishga tayyor ekanligi aytilgan.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!