Buyuk Britaniya rasmiylari sanksiyalar ro‘yxatini yangilab, unga Rossiyaning «Rosneft» va «Lukoyl» kompaniyalarini ham qo‘shdi.
Ikkala kompaniya ham «strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohada biznes yuritish orqali Rossiya hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda», — deyiladi sanksiyalar ro‘yxatida.
Buyuk Britaniya «Rosneft» rahbari Igor Sechinga nisbatan shaxsiy sanksiyalarni 2022 yil mart oyida, «Lukoyl» rahbari Vagit Alekperovga nisbatan esa 2022 yil aprel oyidan boshlab joriy qilgandi, deb eslatdi Meduza.
Britaniya sanksiyalari ro‘yxatida avvaldan «Rosneft» rahbariyati vakillari, shuningdek, ikkala kompaniya bilan bog‘liq ba’zi sudlar ham bor edi.
15 oktyabr kuni yangilangan ro‘yxatga Hindistonning Nayara Energy kompaniyasi ham kiritilgan bo‘lib, uning egasi «Rosneft» hisoblanadi.
Sanksiyalar, xususan, qora ro‘yxatga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning barcha aktivlari Buyuk Britaniya hududida muzlatib qo‘yilishini anglatadi.
Urush sabab «Rosneft» va «Lukoyl» Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgandi, biroq AQSh «Rosneft» va «Lukoyl»ga nisbatan sanksiyalar kiritmagan.