Buxoro viloyatida onaxon o‘g‘li va kelini tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Millar”da xabar berildi.
Aytilishicha, voqea 16 may kuni Buxoroning Kogon tumanida sodir bo‘lgan. Viloyat IIB holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Hozirga kunda jabrlanuvchiga yetkazilgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
“Yangam bilan akam onamga suiqasd uyushtirishgan. Badaniga judayam og‘ir tan jarohati yetkazgan. Benzin sepib yoqmoqchi ham bo‘lishgan. Onamning ahvoli juda og‘ir”, deydi onaxonning qizi.