Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Buxoroda qasddan YPX xodimini urib yuborgan haydovchiga jinoyat ishi ochildi

Buxoroda qasddan YPX xodimini urib yuborgan haydovchiga jinoyat ishi ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Jondor tumanida fuqaro o‘z boshqaruvidagi avtomashina bilan YPX xodimini urib yuborgani haqidagi xabarlar keng tarqalgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, voqea joriy yilning 28 yanvar kuni 12:34 larda Jondor tumani markazida sodir bo‘lgan. Xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimi boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit berib to‘xtab turgan «Cobalt» haydovchisiga noto‘g‘ri to‘xtab turganligini tushuntirib, ushbu qoidabuzarligi sabab haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan xodimning ustiga avtomobilni boshqarib, qasddan uni urib yuborgan hamda ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Matiz» avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

«Holat natijasida, YPX xodimi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi», — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Jondor tumani prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:04 30.01.2025. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!