Buxoro shahrida jamoat transporti uchun naqdsiz (elektron) to‘lov tizimi joriy etiladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning qarorida aytiladi.
Qaror 2025 yil 24 yanvar kuni e’lon qilingan.
Buxoro shahar hokimligi (Q.Tursunov) bir oy muddatda Buxoro shahridagi barcha avtobus bekatlarini elektron chipta sotishning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklarini faoliyat ko‘rsatayotgan barcha avtobus yo‘nalishlari hamda bekatlariga bosqichma-bosqich o‘rnatish choralarini ko‘radi.
Shahardagi yo‘nalishlarda yo‘lkira haqi bir yo‘lovchi uchun 3000 so‘m (QQS bilan), elektron to‘lov tizimi (ATTO) orqali to‘lashda rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda 2000 so‘m (QQS bilan) hamda qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 2 000 so‘m (QQS bilan) qilib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.
To‘lovlar ATTO tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ushbu qaror e’lon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.