Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Buxoroda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Vobkent tumanida fuqaro M. J. ga qarashli suv chiqarish nasosi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 157,6 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:32 11.06.2025. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!