Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Saudiyaliklar Messiga dahshatli shartnoma taklif qilishdi

Saudiyaliklar Messiga dahshatli shartnoma taklif qilishdi

Saudiya Arabistonida “Inter Mayami” klubi hujumchisi, 38 yoshli Lionel Messini jamoa safiga qo‘shib olish bo‘yicha qiziqish qayta jonlandi. Saudiya Arabistoni Davlat investisiya jamg‘armasi (PIF) argentinalik futbolchiga Krishtianu Ronalduni mamlakat chempionatiga olib kelishga imkon bergan shartlar darajasidagi taklifni taqdim etdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur taklif Messining otasi va bir vaqtning o‘zida agenti bo‘lgan Xorxe Messiga yetkazilgan. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar ham bo‘lib o‘tgan. PIF tarkibidagi klublar orasida futbolchini qo‘lga kiritish borasida asosiy da’vogar — yaqinda Simone Indzagi bosh murabbiy etib tayinlangan “Al-Hilol” klubi hisoblanadi.

Shu bilan birga, ayni vaqtda Messining “Inter Mayami”da o‘zini baxtli his etayotgani qayd etilmoqda.

Kiritildi: 21:50 27.06.2025. O'qildi: 1307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!