AQSh prezidenti Donald Tramp agar Eron bilan kelishuvga erishmoqchi bo‘lsa, Tehronga nisbatan hurmatsiz va mensimas lahjadan voz kechishi kerak. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bayonot berdi, deb xabar beradi Iran International.
Aroqchi AQSh rahbarining Eron Oliy rahbari — Oyatulloh Ali Xomanaiy haqida aytgan haqoratomuz so‘zlarini tanqid qildi.
"Agar xayolparastlik xatarli xatolarga olib kelsa, Eron o‘zining haqiqiy salohiyatini hech ikkilanmasdan namoyon etadi — bu esa shubhasiz, Eron qudrati haqidagi har qanday xayolni batamom barbod qiladi," — dedi u.