Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin 27 iyun kuni Minsk shahridagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdilar.

Ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atini ta’minlash, ustuvor kooperasiya loyihalarini ilgari surish, hududlarning samarali aloqalari va faol madaniy-gumanitar almashinuvni qo‘llab-quvvatlash borasida birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kiritildi: 21:37 27.06.2025. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!