"Rus qo‘shinlari Ukrainaning Donesk viloyatidagi Shevchenko qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatdi, u yerda mamlakatdagi eng istiqbolli litiy konlaridan biri joylashgan", deya xabar bermoqda Le Figaro nashri.
Shevchenko qishlog‘i Dnepropetrovsk viloyati bilan chegaradan atigi uch kilometr uzoqlikda joylashgan. 1982 yilda topilgan va 40 gektarga yaqin maydonni egallaydi. Qishloqning sharqiy chekkasida joylashgan kon bir necha kundan beri u Rossiya qo‘shnilari nazorati ostida.
Ukraina geologlarining ma’lum qilishicha, Shevchenko rudasida litiy olinadigan spodumen mineralining miqdori 90 foizga yetadi. Bu esa u Ukrainadagi litiy oson olinadigan yagona kon ekanligini bildiradi. Mazkur hududda litiydan tashqari tantal, niobiy, berilliy, rubidiy va seziy kabi nodir metallar ham mavjud.
Ukrainaning to‘rtta litiy konidan ikkitasi mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan va Kiyev nazorati ostida qolmoqda, ammo qolgan ikkitasi - Shevchenko va Krutaya Balka hozir Rossiya tomonidan nazorat qilinadi.