Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eron: "Isroil tirik qolish uchun "dada"siga qarab yugurdi"

Eron: "Isroil tirik qolish uchun "dada"siga qarab yugurdi"

Eron tashqi ishlar vaziri Sayid Abbos Aroqchi "X" ijtimoiy tarmog‘ida quyidagicha yozdi:

"Eron butun dunyoga ko‘rsatdi: Isroil rejimi YER YUZIDAN YO‘QOLISHNING oldini olish uchun "dadasi"ga yugurishdan boshqa ILOJI qolmagan edi."

Bu bayonot AQSh va Eron o‘rtasidagi navbatdagi tortishuvlar fonida yangradi. AQShning Erondagi havo zarbalaridan so‘ng, Oliy rahbar Oyatullo Ali Xomanaiy ilk marta chiqish qildi va shunday dedi:

"Qadrdon Eronimizning AQSh rejimi ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabriklayman."

Tramp bu gaplarga javoban Truth Socialda shunday yozdi:

"Urushdan vayron bo‘lgan Eron mamlakatining 'Oliy rahbari' deb ataluvchi Oyatullo Xomanaiy nega bu qadar ochiq va ahmoqona qilib Isroil bilan urushda g‘alaba qozondik deb aytadi? Axir u bu yolg‘on ekanini biladi. Vaholanki, u buyuk e’tiqod sohibi ekan, yolg‘on gapirmasligi kerak."

Tramp shunga qo‘shimcha qildi:

"Men uni XUNUK VA SHARMANDA O‘LIMdan saqlab qoldim."

Aragchiy esa o‘z rahbarini himoya qilib, Isroilga tahdid bilan javob berdi:

"Agar xayollar xato qarorlarga olib kelsa, Eron o‘zining Haqiqiy QUDRATIni namoyon qilishdan tortinmaydi — bu esa Eron qudrati borasidagi har qanday xayolga NUQTA qo‘yadi."

U yana qo‘shdi:

"Agar prezident Tramp chindan ham kelishuvni xohlasa, u Oliy rahbarimiz — Oyatullo Xomanaiyga nisbatan hurmatsiz va qabul qilib bo‘lmaydigan tilni bir chetga surishi va uning yurakdan ergashuvchi millionlab tarafdorlarini xafa qilmasligi kerak."

Shu bilan birga, Tramp kelasi hafta AQSh va Eron rasmiylari yadroviy kelishuvni muhokama qilish uchun uchrashishini e’lon qildi. Ammo u bu kelishuvni "zarur emas", deb ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh havo zarbalari Eronning yadroviy salohiyatini "yo‘q qilgan". Biroq, razvedka ma’lumotlari bu da’voni shubha ostiga qo‘ymoqda va Tramp bu holda yana havo zarbalari haqida o‘ylab ko‘rishi mumkinligini bildirdi.

Ayni paytda, “dada” degan atamaning Trampga nisbatan ishlatilishi internetda tarqaldi. NATOning yangi bosh kotibi Mark Ryutte avval bu so‘zni ishlatib, Trampning Eron va Isroilga nisbatan qattiq so‘zlarini shunday ta’riflagan. Keyinroq, Oq uy Trampning NATO sammitidagi ishtirokini Usher ijrosidagi “Hey Daddy (Daddy’s Home)” qo‘shig‘i bilan videorolik qilib tarqatdi.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 1967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!