Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Buxoroda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida Shofirkon tumanida bir guruh shaxslarning o‘z uylarida bolalarni noqonuniy ravishda diniy ta’limga jalb qilganliklari aniqlandi. Ma’lum qilinishicha, ta’lim jarayoni sanitariya talablariga zid sharoitlarda, jismoniy va psixologik bosim ostida olib borilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quvchilar orasida nafaqat Buxoro viloyati, balki Samarqand va Jizzax viloyatlaridan kelgan bolalar ham bo‘lgan. Jami uch nafar bolalar noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilingan.

Joriy yilning avgust oyidan boshlab O‘zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish bilan bog‘liq javobgarlik kuchaytirilganligi ta’kidlanmokda. Endilikda bu kabi qonunbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga Jinoyat kodeksiga binoan javobgarlik belgilangan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining “Diniy ta’limotlarni o‘qitish tartibini buzish” moddasining 2-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilarga uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Hozirda tergov ishlari davom etadi.

Kiritildi: 16:07 31.10.2025. O'qildi: 1370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!