Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Buxoro viloyati Gazli yaqinida magistral quvurlarda yong‘in sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati Gazli yaqinida magistral quvurlarda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 10-fevral kuni Buxoro viloyati hududidan o‘tgan, diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan hamda yong‘in sodir bo‘lgan.

Tezkor harakatlar natijasida soat 11:30 da muruvatlar yopilgan, qoldiq gazlar esa chiqib ketgan. Hozirda avariya to‘liq bartaraf etildi, deb xabar berdi viloyat FVB.

Ta’kidlanishicha, avariya aholi punktidan uzoqda (eng yaqin aholi punktigacha 40 km.) yuz bergan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kiritildi: 13:14 10.02.2025. O'qildi: 2463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!