Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Buxoro shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib o‘zlari va yaqin tanishlarining nomiga 5 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil qilishib, ishsiz fuqarolarni payvandlash, tikuvchilik va sartaroshlik kasblariga o‘qitilganligi hamda ularga stipendiyalar tayinlanganligi yuzasidan hujjatlarni soxtalashtirganligi, shuningdek ishsiz fuqarolarga ajratiladigan issiqxona sellofanlari va ko‘chatlarni yetkazib bermasdan 134,2 mln so‘m byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.