Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Bo‘stonliqda xotin-qizlar uchun turizmga oid o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda

Bo‘stonliqda xotin-qizlar uchun turizmga oid o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda

2025 yil 24–26 sentyabr kunlari Turizm qo‘mitasi vakillari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Migrasiyadan qaytgan xotin-qizlarning iqtisodiy reintegrasiyasini ta’minlash va ularni mamlakatimizdagi turizm sohasiga samarali jalb qilish”ga qaratilgan o‘quv-seminarda ishtirok etmoqdalar.

O‘quv-seminarning asosiy maqsadi – xorijdan qaytgan xotin-qizlarni mahalliy turizm sohasiga jalb etish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va jamiyatga integrasiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida, seminar davomida ishtirokchilar Bo‘stonliq tumanidagi yirik turizm ob’ektlari va oilaviy mehmon uylari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashinuvi asosida turizm xizmatlari bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kiritildi: 14:18 27.09.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!