Kecha,1 aprel kuni soat 17:33 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani "Qoramozor" MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Oqsoq ota” soyining bir qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘iga o‘tmoqchi bo‘lgan avtotransport vositasida nosozlik yuzaga kelib qolganligi tufayli soy ichida qolib ketganligi hamda amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, zudlik bilan voqea joyiga Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika yordamida avtotransport vositasi soydan xavfsiz hududga olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.