“Polymarket” onlayn-platformasi ma’lumotiga ko‘ra, bukmekerlar AQShning saylangan Prezidenti Donald Trampning o‘z boshqaruvi davri dastlabki 90 kunida Rossiya – Ukraina urushiga barham berish imkoniyatini 30 foizdan kamroq, deya baholamoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, ayni ehtimol 28 foizni tashkil qiladi. Darvoqe, noyabr oyida bu ko‘rsatkich 50 foizdan oshgandi.
Avvalroq Tramp RF Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina bo‘yicha muzokara olti oydan kamroq vaqt ichida bo‘lib o‘tishi mumkinligiga umid bildirgandi.
Tramp saylov oldi kampaniyasi chog‘ida bu mojaroni muzokara yo‘li bilan bartaraf qilishini ko‘p ta’kidlagan. Hatto, muammoni bir kunda hal qila olishini ham aytgan.