Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Bugun o‘zbek "klasiko"si o‘tkaziladi

Bugun o‘zbek "klasiko"si o‘tkaziladi

Bugun, 23 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turi doirasida ikkita uchrashuv o‘tkaziladi. Kunning markaziy bahsida chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor" va "Neftchi" jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Mazkur uchrashuv chempionlik poygasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda Farg‘onaning "Neftchi" klubi 24 ta o‘yindan keyin 55 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Toshkentning "Paxtakor" jamoasi esa 53 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Shu bois bugungi bahsda "Paxtakor" g‘alaba qozonsa, raqibini ortda qoldirib, birinchi o‘ringa ko‘tariladi. "Neftchi"ning g‘alabasi esa farg‘onaliklarning asosiy ta’qibchisidan besh ochkolik ustunlikka erishishini ta’minlaydi.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida "Paxtakor" ustunlikka ega. Shu kungacha o‘tkazilgan 63 ta uchrashuvning 32 tasida toshkentliklar, 22 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan. Qolgan 9 ta bahs durang bilan yakunlangan.

Toshkentdagi uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi. Uni bosh hakam Firdavs Norsafarov boshqarib boradi.

Kunning yana bir bahsida "Buxoro" o‘z maydonida Termizning "Surxon" jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv ham soat 19:00 da start oladi. Bahsga Jasur Muxtorov bosh hakam etib tayinlangan.

Superliga. 25-tur

23 oktyabr, juma

19:00. "Paxtakor" – "Neftchi"

19:00. "Buxoro" – "Surxon"

Kiritildi: 11:06 23.10.2026. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!