Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlarini topshiradi.
Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovasiya, "yashil" iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.