BBC ning yozishicha, bu Buyuk Britaniya tashqi siyosatidagi sezilarli o‘zgarishni aks ettiruvchi noyob format hisoblanadi.
“Rossiya, Xitoy va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi ta’sirni qayta taqsimlash, shuningdek, muhim resurslar uchun kuchayib borayotgan raqobat sharoitida Britaniya uzoq yillar davomida e’tiborsiz qoldirilgan mintaqa bilan munosabatlarni qayta qurishga harakat qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, nashr mazkur uchrashuv sababini izohlab, ko‘p yillar davomida Markaziy Osiyo uchun Rossiya iqtisodiy kuch va investisiya manbaiga, Xitoy esa yetakchi savdo sherigiga aylanayotgani Britaniyani mintaqa bilan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga undayotgan bo‘lishi mumkinligini keltirgan.