Bugun Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Ikki karra Jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Super og‘ir vazn toifasida 10 raundlik bellashuv:
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 14-0, 14 KO)
Igor Shevadzuskiy (Ukraina, 12-2, 10 KO)
Yarim yengil vazn toifasida 8 raundlik bellashuv:
Otabek Xolmatov (O‘zbekiston, 12-1, 11 KO)
Jeyson Kano Manigos (Filippin, 30-12-2, 20 KO)
Janglar Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.