Unda mamlakat parlamenti — 26-chaqiriq Knessetining tarkibi aniqlanadi.
Markaziy saylov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda 7 331 981 nafar fuqaro ovoz berish huquqiga ega. Mamlakat bo‘ylab 12 018 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Saylovda 38 ta partiya va saylov ro‘yxati qatnashmoqda. Knessetga kirish uchun partiya kamida 3,25 foiz ovoz to‘plashi kerak.
Saylov natijalari Isroilning keyingi hukumatini kim shakllantirishini belgilab beradi. Asosiy raqobat amaldagi bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi blok va sobiq armiya bosh shtabi rahbari Gadi Ayzenkot yetakchiligidagi muxolifat o‘rtasida kechmoqda. Hozircha hech bir blok 120 o‘rindan 61 tasini qo‘lga kiritishi aniq emas.