Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Budapeshtda rejalashtirilayotgan sammitga tayyorgarlik ko‘rish to‘xtatildi

Budapeshtda rejalashtirilayotgan sammitga tayyorgarlik ko‘rish to‘xtatildi

Tramp va Putin o‘rtasida Budapeshtda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan sammitga tayyorgarlik ko‘rish to‘xtatildi. Bu haqda NBC News telekanali jurnalisti Garret Haake Oq uydagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti ikki tomon ham "muzokaralarga hali tayyor emas" deb hisoblamoqda.

"AQSh davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasidagi telefon muloqoti sermahsul bo‘ldi, ammo AQSh prezidenti har ikki tomon ham muzokaralarga yetarlicha tayyor emas deb hisoblamoqda", – deb yozdi Haake X ijtimoiy tarmog‘ida.

Kiritildi: 21:09 21.10.2025. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!