Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Ular haqiqatan ham meni qamoqda o‘tirishimni istashsa, men buni qilaman" - Sarkozi

"Ular haqiqatan ham meni qamoqda o‘tirishimni istashsa, men buni qilaman" - Sarkozi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi 21 oktyabr kuni qamoqxonaga jo‘natiladi. U sentyabr oyi oxirida 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Sarkozi Parijning 14-ma’muriy okrugida joylashgan Santa qamoqxonasiga joylashtiriladi, deb yozdi Le Figaro.

Sud hukmida Sarkozi, shuningdek, 100 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Sobiq prezident hukmdan keyin apellyasiya bergan, biroq u baribir qamoqqa olinadi - sud «hukmni darhol ijro etish» to‘g‘risida qaror chiqardi, bu esa ushbu holatda apellyasiya natijalari kutilmasligini anglatadi.

Parij jinoyat sudi Sarkozini Liviya yetakchisi Muammar Qazzofiy tomonidan taqdim etilgan mablag‘lar hisobidan prezidentlik kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish maqsadida jinoiy til biriktirishda aybdor deb topdi.

"Figaro"ning yozishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan u "mahbuslar qanotiga yoki bir kishilik kameraga joylashtirilishi" mumkin.

"Men javobgarlikni o‘z zimmamga olaman, sud talablarini bajaraman. Agar ular haqiqatan ham meni qamoqda o‘tirishimni istashsa, men buni qilaman, lekin boshimni baland ko‘tarib," - dedi Sarkozining o‘zi.

Fransiyada Sarkozi hukmini "tarixiy" deb atashadi. U Respublikaning birinchi prezidenti va hatto Yevropa Ittifoqining panjara ortiga yuborilgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Kiritildi: 23:45 13.10.2025. O'qildi: 1215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!