Myunxenning "Bavariya" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshga qiziqish bildirmoqda.
"Football24" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, MYu Brunu bo‘yicha takliflar uchun ochiqlikini ma’lum qildi. Portugaliyalik futbolchi uchun "Yunayted" 70 million funt sterling narx belgilab qo‘ygan. Agar "Bavariya" klubi uchun bu narx maqul kelsa, Fernandeshga qishki transfer oynasida birinchi taklifini jo‘natishi mumkin.
Shuningdek, 31 yoshli futbolchiga Saudiya klublaridan ham qiziqish bor. Hozirda yarim himoyachining "Transfermarkt" portalidagi narxi 45 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Brunu joriy mavsum "qizil iblislar" safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.