Buyuk Britaniya maxsus tayyorgarlikka ega qo‘shinlarni o‘rganmoqda, ular "soya flot"ga tegishli tankerlarni qo‘lga olish uchun tayyorlanmoqda.
Bu haqda The Times gazetasi mudofaa sohasi manbasiga tayanib xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, operasiyalarni, ehtimol, Qirollik Qurolli Dengiz Kuchlarining maxsus bo‘linmasi — "Maxsus qayiq" xizmati olib boradi.
Bundan avval, BBC xabar qilishicha, Buyuk Britaniya hukumati o‘z qurolli kuchlarini Rossiya "soya floti"ga tegishli kemalarni to‘xtatish uchun qo‘llash huquqiy asoslarini tayyorlagan. Manbaga ko‘ra, Britaniya vazirlar kabinetida bu uchun 2018 yilda qabul qilingan sanksiyalar va pul yuvishga qarshi qonunning moddalari qo‘llanilishi mumkin, degan xulosa chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi AQSh hokimiyatining iltimosiga binoan Atlantik okeanda rossiyalik neft tankeri Marinera (boshqa nom bilan Bella 1)ni qo‘lga olishda yordam ko‘rsatganini ma’lum qilgan edi.