28 noyabr kuni Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasining samolyoti tarixda ilk bor ekologik toza aviayonilg‘i – SAFdan foydalangan holda Londondan Nyu-Yorkka ilk parvozni amalga oshirdi.
Londondan Nyu-Yorkka uchgan Boeing 787 samolyoti bortida aviakompaniya asoschisi milliarder Richard Brenson, aviakompaniya bosh direktori Shay Veys va Britaniya transport vaziri Mark Xarper bo‘lgan.
Boeing 787 uchun yonilg‘i sifatida o‘simlik yog‘i va makkajo‘xori chiqindilaridan olingan sintetik kerosin bilan aralashtirilgan, chiqindi yog‘laridan tayyorlangan yoqilg‘i ishlatilgan.