Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Britaniya qirollik oilasi Jahon chempionatidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Angliya terma jamoasiga murojaat yo‘lladi

Britaniya qirollik oilasi Jahon chempionatidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Angliya terma jamoasiga murojaat yo‘lladi

Britaniya qirollik oilasi vakillari 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati yarim finalida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Angliya milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotda ta’kidlanishicha, Garri Keyn boshchiligidagi jamoa muvaffaqiyatsizlikka qaramay, mamlakat faxri bo‘lib qolmoqda.

«Garri Keyn va butun jamoaga hamdarmiz. Ehtimol, hozir siz, "uch sherlar", qattiq xafa bo‘layotgandirsiz, lekin siz baribir millat faxri bo‘lib qolaverasiz», — deyiladi bayonotda.

Yarim final uchrashuvida Argentina Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Inglizlar o‘yinning 55-daqiqasida Rojersning uzatmasidan so‘ng Entoni Gordon tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni ochishgan edi. Biroq 85-daqiqada Enso Fernandes uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan muvozanatni tikladi, 90+2-daqiqada esa qanotdan uzatilgan to‘pni Lautaro Martines darvozaga joylab, hal qiluvchi golni urdi.

Kiritildi: 23:51 16.07.2026. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!