BRIKS davlatlari rahbarlari Rio-de-Janeyrodagi sammit yakunlari bo‘yicha bayonot qabul qilib, bir tomonlama iqtisodiy majburlov choralaridan noroziligini bildirish niyatida.
Bu haqda Bloomberg agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, BRIKS davlatlari yakuniy hujjat matniga "xalqaro huquqqa zid bo‘lgan bir tomonlama majburlov choralari"ni qoralashni kiritmoqchi. Bundan tashqari, kommunikega bir tomonlama bojlar va tarifsiz choralar to‘g‘risida "jiddiy tashvish" to‘g‘risida band qo‘shish rejalashtirilmoqda.
Agentlik ta’kidlaganidek, hujjatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir davlatni ko‘rsatish rejalashtirilmaganiga qaramay, BRIKS a’zolari ushbu formulalarda "AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan butun dunyo bo‘ylab bir tomonlama tariflarni joriy etish nuqtai nazaridan Qo‘shma Shtatlarga aniq ishora qilmoqdalar".