Braziliyada yo‘lovchi avtobusi va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 45 kishi jarohatlandi. Bu haqda Agencia Brasil axborot agentligi xabar berdi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Kuyaba shahridan ketayotgan avtobus Lukas-du-Riu-Verde shahri yaqinida paxta ortilgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, 45 kishi tan jarohati oldi, ulardan 12 nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Voqea joyiga ko‘plab tez yordam va o‘t o‘chirish brigadalari yetib kelgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.