Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Braziliyada 20 yoshli futbolchi YTHda vafot etdi

Braziliyada 20 yoshli futbolchi YTHda vafot etdi

Braziliyada fojiali voqea sodir bo‘ldi.

"Piaui Esporte" klubi sharafini himoya qilayotgan 20 yoshli futbolchi Antoni Ilano yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘ldi.

Hodisa dushanba kuni erta tongda yuz bergan. Motosiklda ketayotgan futbolchi sigirga urilib ketgan. Marhumning do‘stlari uning otasining tug‘ilgan kunini nishonlaganini va 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Braziliya kubogida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rganini aytishgan.

Klub ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining oilasiga hamdardlik bildirdi.

Kiritildi: 17:36 22.10.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!