Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Braziliya terma jamoasi va Anchelotti "Real"ga qarshi qachon o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Braziliya terma jamoasi va Anchelotti "Real"ga qarshi qachon o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Braziliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar bo‘lajak uchrashuv haqida allaqachon kelishib olgan - u avval taxmin qilinganidek, yozda emas, balki joriy yilning oktyabr yoki noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak.

Kuni kecha Karlo Anchelotti "Real" boshqaruvidan ketib, Braziliya terma jamoasini qabul qilib oldi. "Pentakampeonlar" JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Ekvador (5 iyun) va Paragvay (10 iyun) raqiblari bilan kuch sinashadi.

Italiyalik mutaxassis Madrid superklubida 2021 yilning yozidan buyon ishlab kelayotgandi. Uning o‘rnini Xabi Alonso egalladi.

Kiritildi: 07:18 27.05.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!