Braziliya Federal Oliy sudi sobiq prezident Jair Bolsonaruga nisbatan joriy davlat rahbari Luiz Inasiu Lula da Silvaning hokimiyat tepasiga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2022 yilda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, jinoiy ish qo‘zg‘atishni buyurdi.
Bu qarorni sudning YouTubedagi kanalida efirga uzatilgan sud majlisida sud raisi Krishtianu Sanin o‘qib eshittirdi.
"Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan Jair Bolsonaruga qarshi qo‘yilgan da’vo bir ovozdan qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Bolsonarudan tashqari yana yetti nafar shaxsga nisbatan ayblovlar ilgari surilgan.