Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.S 2 nafar fuqaroga Boyovut tumani, “Anorzor” MFY hududidagi 16 sotix zaxiradagi yer maydonini o‘ziniki ekanligini aytib, ushbu yer maydonini 25 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali hujjatlarni ularning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, oldindan 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.S., fuqaro I.ga Sayxunobod tumani, “Nurobod” MFY hududidagi 20 sotix zaxiradagi yer maydonini o‘ziniki ekanligini aytib, tanishlari orqali hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 2 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.