Bosniya va Gersegovina prokuraturasi polisiyadan Serbiya Respublikasi prezidenti Milorad Dodik va uning tarafdorlarini qo‘lga olishni talab qildi.
Bu haqida BBC xabar bermoqda.
Prokuratura Dodik va uning tarafdorlarini konstitusiyaviy tuzumga tajovuz qilishda ayblamoqda.
Fevral oyining oxirida Bosniya va Gersegovina sudi Milorad Dodikni qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Serb Respublikasi prezidenti bu qarorni tan olmasligini bildirgan edi.
Ma’lumot uchun, Serb Respublikasi Bosniya va Gersegovina davlati tarkibidagi avtonom tuzilma bo‘lib, bu hududda asosan serb millatiga mansub aholi yashaydi.