O‘zbekistonda 7−11 iyul kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi va +31…+38 daraja atrofida bo‘ladi. Respublikaning bazi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli ham bor.
O‘tgan hafta respublika bo‘yicha kuzatilgan anomal issiqdan so‘ng, 7−11 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Havo harorati dushanba kunduzi +36…+41 darajani, 8–9 iyul kunlari +33…+38 darajani, 10–11 iyulda +31…+36 darajani tashkil etadi.
O‘zbekiston janubida ham harorat pasayadi va haftaning oxiriga kelib harorat +37…+40 daraja bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda 9–10 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 iyul kuni harorat asosan +39…+41 daraja, 8–9 iyulda +35…+38 daraja, 10–11 iyulda +32…+37 daraja bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.